Yozyovon tumanida «Iste’molchilar uyi» kompleksi topshirilish arafasida
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda hududiy birlashma rahbari Ahrorjon Raxmonaliyev tumanda qurilish ishlari yakuniga yetayotgan “Iste’molchilar uyi”ning qurilish jarayonlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida federatsiya raisi bino qurilish ishlari tez mudlatlarda va sifatli tugallash bo‘yicha o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.
Rejaga ko‘ra, qurib bitkazilayotgan mazkur “Iste’molchilar uyi”da fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi hamda aholining iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida “Iste’molchi kutubxonasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Iste’molchilar uyi”da “Fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat” birligini mustahkamlash maqsadida fuqaro murojaatlari bilan ishlashning “mahallabay” tizimini joriy etishga qaratilgan “Huquqiy maslahat” markazi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий