Xonadon qarzdor emas, haqdor bo‘lib chiqdi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Mirfozil mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi T.Madaminovning xonadonida foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisoblanayotgan qarzdorlikka aniqlik kiritib berilishini so‘rab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat tuman gaz idorasi mutaxassislari hamkorligida o‘rganilganda, xonadon gazlashtirilganligi, foydalanilgan gaz sarfini hisoblab borish uchun zamonaviy elektron ASKUG gaz hisoblash uskunasi mavjudligi, hisoblagichning muhrlari joyidaligi kuzatildi.
Xonadonning foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘langan to‘lovlari “Billingaz” dasturi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinganida, 2022 yil 26 mart kuniga hisoblagich ko‘rsatkichi 304 kub metrni tashkil qilayotganligi, mazkur ko‘rsatkichga nisbatan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha esa xonadonda 40 000 so‘m haqdorlik mavjudligi kuzatildi.
O‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha iste’molchi yozma ravishda xabador qilindi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий