Ta’lim tizimi tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borilmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi 8 va 27-sonli umumta’lim maktablarida tashkillangan tadbirlar ham pedagog xodimlarni iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga targ‘ib qiluvchi tadbirlar sirasidandir.
Har ikki tadbir doirasida ta’lim tizimi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan alohida ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni mazkur harakat ishida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Ma’lumki, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamkorlik yuzasidan hududiy birlashma va xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida chora-tadbirlar rejasi imzolangan bo‘lib, ushbu tadbirlarda ham uni maktab jamoalarida amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlari muhokama qilib o‘tildi.
Pedagog xodimlarga iste’molchilik huquqlari buzilganda maxsus vakolatli davlat idoralariga, shuningdek Federatsiyaga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari hamda bu borada Federatsiya tomonidan iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi
Отправить комментарий