Ko‘p tarmoqli poliklinika xodimlari bilan muloqot o`tkazildi
Marg‘ilon shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi xodimlari ishtirokida hududiy birlashma va sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida imzolangan xodimlarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar ikki tizim tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, xususan Taraqqiyot strategiyasining tegishli maqsadlari bo‘yicha ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi ijrosi borasida to‘xtaldilar. Ishtirokchilarga hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturidan ko‘zlangan maqsad aholining keng qatlamlarini iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki darajasini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishlarini son va sifat jihatidan yuqoriroq darajaga ko‘tarishdan iborat ekanligi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularga iste’molchilik sohasiga oid masalalarda huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий