Oilaviy shifokorlik punktida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Yozyovon tumanidagi Yangiobod oilaviy shifokorlik punktida mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlari, shuningdek shu kuni bu yerga tashrif buyurgan aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga Federatsiya va sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari o‘rtasida olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklik masalalarida tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlarining iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlari yuzasidan ham axborotlar berildi.
Tadbir doirasida tibbiyot xodimlari va aholi vakillarini savollariga javoblarildi, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi
Отправить комментарий