Kuzatuvlar asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda

Kuzatuvlar asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda

Hukumatimiz tomonidan don, un va nonni sotishga, shuningdek mamlakatning donni qayta ishlash tarmog‘iga bozor mexanizmlarini joriy qilish, un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qo‘shimcha harajatlarni qoplash uchun kompensasiyalar to‘lashning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib ijroga qaratilganligi, hududiy birlashma tashabbusi asosida mazkur qarorning joylardagi ijrosini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz.

Quva tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ham O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqib, aholiga un mahsulotlarini yetkazib berilishi va sotilishini kuzatuvlar asosida o‘rganishdan o‘tkazmoqdalar.

O‘rganish va aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar esa tegishli vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий