Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari iste’molchilik sohasining turli masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida tumandagi 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi yoshlari ishtirokida ham huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazdilar.

“Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» deb nomlangan mazkur tadbirda yoshlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Shuningdek O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborotlar ham yetkazilib, yoshlarning mamlakatimiz iste’molchilik harakatida ishtirok etishlarini tartib-qoidalari tushuntirildi.

Yoshlarga iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy organlariga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий