Tayanch guruhida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tayanch guruhida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutahassislari ishtirokida tumandagi 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

«Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasida tashkillangan mazkur tadbirda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborotlar berib o‘tildi. Shuningdek, tashkilot xodimlarini iste’molchi sifatida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishlicha tavsiya, tushuntirish va huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.

Hozirda hududda Federatsiya tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Raufjon Tuychiyev
Dang‘ara tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий