Tadbirlar davom etadi

Tadbirlar davom etadi

Federatsiyaning 2022 yil 7 maydagi IT/01-29- sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni tartibli va samarali o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Beshariqda tayanch guruhlari a’zolari ishtirokida turli tadbirlar davom ettirilmoqda.

Tadbirlarda tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilmoqda, Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, ularni sohaga oid masalalardagi muammolarini tinglanmoqda va sohani yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashib borilmoqda.

Tuman jamiyati tomonidan hududdagi 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir ham yuqoridagi vazifalarni ko‘zda tutdi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий