Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan muloqot
Tayanch guruhlari bilan yanada yaqinroq ishlash, ulardagi muammo va kamchiliklarni o‘rganish, korxona va tashkilotlar xodimlarini qiynab kelayotgan masalalarni imkon qadar joyida xal etish maqsadiga qaratilgan tadbirlarimiz tizimli ravishda olib borilayotir.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasida “Biz barchamiz iste’molchimiz” shiori ostida o‘tkazilgan o‘quv seminari ishtirokchilariga avvalo “Tayanch guruhlari bilan ishlash” oyligining maqsad va muddaolari tushuntirilib, tizim tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Federatsiya boshchiligida bugungi kunga qadar iste’molchilar foydasiga ijobiy hal etilgan murojaatlar va kelgusi faoliyat uchun rejalashtirilgan ishlar haqida gapirib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilarini qiynab kelayotgan masalalar o‘rganilib ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi va huquqiy maslahatlar berildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий