Iste’molchi moddiy zarar ko‘rishining oldi olindi
Rishton tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Shokirota mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.Egamovning Federesiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatda ma’lum qilinishicha, iste’molchi tuman hududida savdo faoliyatini olib borayotgan “Xuchanboy xoji o‘g‘li Dilmurod” xususiy korxonasidan 150 dona shifer mahsulotini oldinroq xarid qilib olib qo‘ygan. Lekin shu yili tomga chiqarilib, yopilgan shiferlardan 25 tasi oradan bir necha kun o‘tib yorilib sifatsiz holga kelgan.
Murojaat tuman jamiyati mutaxassisilari tomonidan o‘rganib chiqilishi jarayonida, mahsulotni ishlab chiqargan korxona — “Quvasoy Grant” shifer zavodi mas’ul xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanib, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga “Xuchanboy xoji o‘g‘li Dilmurod” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konida sotilayotgan shiferlardan 25 donasi yetkazib berilishiga erishildi. Natijada iste’molchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan 1175000 so‘mlik moddiy zararning oldi olindi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий