Asossiz qarzdorlik xonadonni tarmoqdan uzib qo‘yilishiga sabab bo‘lgan
Bugun mamlakatimizda tabiiy gaz iste’molini tartibga solish, bu boradagi to‘lov intizomini yaxshilash, aholini gaz yoqilg‘isiga bo‘lgan talabini qondirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlardan ko‘pchilikning xabari bor, albatta. Shunday ishlardan biri aholi xonadonlariga yangi, zamonaviy gaz hisoblagich uskunalarini o‘rnatilayotganligidir. ASKUG tizimiga ulangan mazkur hisoblagichlarni masofadan boshqarish imkoniyati mavjudligi bilan bir qatorda, uning onlayn ko‘rsatkichlari asosida iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni bank muassasalari, maxsus kassalar, internet vositasida to‘lab borish imkoniyatlari ham yaratilganligi ijobiy holat. Shunday bo‘lsada bu borada turli tushunmovchiliklar uchrab turibdi.
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Rasta ko‘chasida yashovchi A.Turg‘unova xonadoniga o‘rnatilgan zamonaviy gaz hisoblagichning iste’mol ko‘rsatkichlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasada, tarmoqdan uzib qo‘yilganligi holati yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib, holatga aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan. Murojaatida fuqaro gaz ta’minoti idorasiga borib, holatga o‘z kuchi bilan aniqlik kirita olmaganligini ham bildirib o‘tgan.
Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan fuqaro murojaatini o‘rganilishi doirasida xonadonga zamonaviy gaz hisoblagich o‘rnatilganligi, amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha esa xonadon 201279 so‘m oldindan to‘lovdaligi, gaz ta’minoti korxonasi xodimlarini xatolari tufayli A.Turg‘unova xonadoniga hisoblangan 850000 so‘m miqdoridagi qarzdorlikning esa asossizligi ma’lum bo‘ldi.
Xonadon tarmoqqa qayta ulanib, uning egalariga iste’mol qilingan real hajmlar doirasida to‘lovlarni amalga oshirgan holda tabiiy gazni iste’mol qilib borish yuzasidan, gaz idorasi xodimlariga esa amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari borildi.
Alisher Raximov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий