Samarali hamkorlik yo‘lida

Samarali hamkorlik yo‘lida

Mana bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr sanasi «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» sifatida keng nishonlanib keladi. Bu kunning maqomi esa O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida»gi 367-I-son qonuni bilan belgilab berilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi a’zolarining salmoqli hissasi ta’lim tizimi xodimlariga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda joylarda Federatsiyaning hududiy ijro etuvchi apparatlari tomonidan tizimda tashkillangan tashabbuskor tayanch guruhlari a’zolarini, faollarni bayram bahonasida yo‘qlab, ularning iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarini e’tirof etish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Bugun hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev Toshloq tumanida bo‘lib, tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Abdumajid Soliev bilan uchrashdi. Uchrashuvda ta’lim tizimi faollariga Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi hamkorlik hamda samarali ijtimoiy sheriklik munosabatlari uchun minnatdorchilik izxor qilinib, hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий