Tuman jamiyati aralashuvi bilan masala hal etildi

Tuman jamiyati aralashuvi bilan masala hal etildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Xo‘jaariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi N.Isomiddinov va K.Jumanovlar murojaat qilishib, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishda muammolarga duch kelayotganliklarini, masalani hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandilar.

Murojaatchilarga ko‘ra, bir necha yil ilgari tabiiy gaz bosimi yaxshi yetib bormaydigan hudud sifatida tarmoqdan uzib qo‘yilgan mahallalariga joriy yilda tabiiy gaz yetkazib berish tiklangan. Ushbu mahalla ahli qatori tarmoqqa ulanish maqsadida, ulardan biri tarmoqqa qaytadan ulanish, ikkinchisi esa yangitdan ulanish bo‘yicha tuman gaz idorasiga murojaat qilganlar. Lekin orada ikki oycha vaqt o‘tsada, muayyan sabablarni vaj qilinib, ularni tarmoqqa ulash ishlari olib borilmagan. Shundan so‘ng ular tuman jamiyatiga ushbu masalada arz qilib kelganlar.

Murojaatda keltirilgan vajlar o‘rganilishi jarayonida tuman jamiyati “Hududgaz Farg‘ona” filialiga rasmiy xat bilan chiqib, masalani hal etilishini so‘ragalch, gaz idorasi mutaxassislari tomonidan har ikki xonadon tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berildi.

Shohistaxon Rahimova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий