Aholi vakillariga bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatib borilmoqda

Aholi vakillariga bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatib borilmoqda

Federatsiya tizimida «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2017 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, tizim rahbar va mas’ul xodimlari aholi vakillari bilan joyiga chiqqan holda yuzma-yuz muloqotlar ham o‘tkazib boradilar. Shu o‘rinda maszkur yo‘nalishlarda Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishing.

Hududiy birlashma tizimidagi “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalar faoliyati

<div class=»flourish-embed flourish-chart» data-src=»visualisation/14606985″><script src=»https://public.flourish.studio/resources/embed.js»></script></div>

Federatsiya raisi buyrug‘i asosida tashkil etilgan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida jami 244 nafar fuqarolarga, jumladan kommunal xo`jalik bo`yicha 54 nafar, savdo masalalarida 40 nafar, sog`liqni saqlash masalalarida 16 nafar, gaz ta’minotida 40 nafar, suv ta’minoti bo‘yicha 20 nafar, aloqa xizmatlari bo‘yicha 5 nafar, transport xizmatlari bo‘yicha 11 nafar, elektr ta’minoti masalalarida 25 nafar, boshqa masalalar bo‘yicha 33 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Tizim mas’ullarining aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlari

<div class=»flourish-embed flourish-chart» data-src=»visualisation/14607034″><script src=»https://public.flourish.studio/resources/embed.js»></script></div>

Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan jami 439 nafar fuqarolar, jumladan uy-joy kommunal masalalarda 116 nafar, savdo masalalarida 63 nafar, sog‘liqni saqlash masalalarida 24 nafar, aloqa xizmatlari bo‘yicha 9 nafar, transport xizmatlari bo‘yicha 21 nafar, ta’lim masalalarida 12 nafar, boshqa masalalarda 161 nafar fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, ularga bepul huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

 

Отправить комментарий