Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya tajriba almashish maqsadida vodiy viloyatlariga keldi

Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya tajriba almashish maqsadida vodiy viloyatlariga keldi

Federatsiya tizimidagi tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar borasida hududlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish an’anasi mavjud. Bunda bir hudud delegatsiyasi ikkinchi bir hududga tashrif buyurgan holda, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining kelgusi faoliyati uchun istiqboldagi vazifalarni belgilab olish imkoniyati vujudga keladi.

Ayni damda Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi raisi Saydimqul Begimqulov boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatida bo‘lib, Federatsiyaning ushbu viloyatdagi tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий