Xonadon suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi

Xonadon suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi

Toshloq tuman «Axshak» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi V. U. maishiy gaz balloni bilan ta’minlanishi masalasi hal bo‘lmayotganligi va bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgandi.

Murojaat mazmunan o‘rganilganda fuqaro istiqomat qiluvchi ko‘cha gazlashtirilmaganligi sababli, haqiqatda, suyultirilgan gaz balloniga ehtiyoji mavjudligi qayd qilindi. Masalani «Hududgaz Farg‘ona» GTF Toshloq tuman bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganilishi jarayonida iste’molchiga imtiyozli narxlarda 1 dona suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilib, masala ijobiy hal etildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий