Hudud aholisining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Hudud aholisining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hudud aholisining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida tuman hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida, korxona va tashkilotlarda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan eslatma va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazmali plakatlar joylashtirilmoqda.

Plakatlarda iste’molchilik huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar, xususan sayt, ishonch telefoni va telegram bot orqali murojaat qilish, Federatsiyaning viloyatdagi tashkilotlari xizmat telefonlariga bog‘lanish uchun ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий