Ishonch telefoniga qilingan murojaat ijobiy yechim topdi

Ishonch telefoniga qilingan murojaat ijobiy yechim topdi

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida “M.Topvoldiev” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yashovchi X.H.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan ikki million so‘mga yaqin qarzdorlikdan norozi bo‘lib Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat asosida iste’molchining suv ta’minoti korxonasidagi bazaga kiritilgan ma’lumotlari o‘rganilganda, fuqaroga qarashli 2 ta xonadon mavjudligi, ushbu ikki xonadondagi suv hisoblagichlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganida joriy holatga har ikki suv hisoblagich bo‘yicha ham qarzdorlik mavjud emasligi qayd qilindi.

Ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan rasmiy javob xatiga ko‘ra, xonadondagi suv hisoblagich qiyoslov muddati o‘tganligi sababli iste’molchidan 1 500 000 so‘m pul mablag‘i olingan. O‘rganish ishlari davomida esa korxona mazkur mablag‘ni xonadon egasiga tegishli bo‘lgan 2 ta abonent raqamlari (…….970 va …….161)ning har biriga 750 000 so‘mdan oldindan to‘lov sifatida o‘tkazgan.

Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий