Uch million so‘m qarzdorlik asossizligi ma’lum bo‘ldi

Uch million so‘m qarzdorlik asossizligi ma’lum bo‘ldi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yuqori Valik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A.U.ning ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi o‘z murojaatida, uning qo‘liga xonadoni ichimlik suvi to‘lovlaridan 3 000 000 so‘m qarzdorligi va mazkur qarzdorlikni tezkorlikda bartaraf qilishi lozimligi yuzasidan talabnoma kelib tushganligini, lekin u xonadonida mavjud ichimlik suvi hisoblagichi ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirib kelayotganligini ma’lum qilib, ushbu holatga oydinlik kiritib berilishida amaliy yoradm ko‘rsatilishini so‘raydi.

Shahar jamiyati tomondan ushbu murojaat asosida «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ Quvasoy shahar bo‘limiga so‘rov xati kiritilib, ushbu so‘rov bo‘yicha olingan javob xatida ichimlik suv iste’molchisi A.U.ga nisbatan haqiqatan ham noreal qarzdorlik hisoblanganligi, uni bartaraf qilish bo‘yicha yuqori turuvchi idoraga tegishli hujjatlar kiritilib, bugungi kunda mazkur masala iste’molchi foydasiga hal qilinganligi ma’lum qilindi. Iste’molchiga o‘rganish natijalari va ularga ko‘ra uning ichimlik suvi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi yuzasidan rasmiy javob xati yuborildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Отправить комментарий