Xonadonga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Qiziltepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.T.ning xonadoniga suyultirilgan uglevodorod gazi o‘z vaqtida yetkazib berilmagani xususidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish davomida hududga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish, haqiqatan ham, biroz kechikkanligi, keyinroq suyultirilgan gaz ballonlarini alishtirish ishlari olib borilgan kunda fuqaro xonadonida hech kim bo‘lmaganligi sababli ularning gaz ballonlari yana almashtirilmasdan qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida fuqaro xonadoniga suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilib, muammoni bartaraf qilinishiga erishildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий