Jamiyat aralashuvi bilan muammo hal etildi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Oq-er» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.Y.ning bir yil oldin, bo‘lib to‘lash shartlarida, 6 399 750 so‘mga xarid qilingan kondisionerni talab darajasida ishlamayotganligi va ko‘rsatilayotgan servis xizmatlaridan norozi bo‘lib Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi ART EREREST 09HE rusumli kondisionerni tumandagi “ROSHIDON PARTNYOR KM” MChJga qarashli savdo do‘konidan 2023 yilning 6 iyunida tovar qiymatini bo‘lib to‘lash to‘lash shartnomasi asosida xarid qilgan. Iste’molchi kondisionerdan foydalanish davomida bir marta servis xizmatiga murojaat qilganligini, lekin xonadonga tashrif buyurgan usta servis xizmati pulli ko‘rsatilishi ma’lum qilib, xizmat ko‘rsatmasdan ketganligini ham qo‘shimcha qiladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi tovarning kafolat muddati mobaynida aniqlangan nuqsonlar bo‘yicha talablarini sotuvchiga qo‘yadi. Shu nuqtai nazardan, tuman jamiyati tomonidan sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘z ichiga olgan talabnoma xati kiritildi, shuningdek servis markazi bilan bog‘lanilib, yuzaga kelgan holat tushuntirildi. Shundan so‘ng iste’molchi xonadonidagi kondisioner servis markaziga olib ketildi va bepul ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, xonadonga soz holatda olib kelib o‘rnatib berildi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий