Tijorat takliflarini qabul qilish bo‘yicha e’lon

Tijorat takliflarini qabul qilish bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Yoshlarning muammolarini hal qilishga, tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini ilgari surishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi 1-grant tanlovida g‘olib bo‘lgan “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli loyihasini amalga oshirish maqsadida quyidagi tovar (ish, xizmat)larning xaridlarini amalga oshirish uchun sotuvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)lardan tijorat takliflarini qabul qiladi:

I. 1-lot. Moddiy-texnika vositalarni sotib olish:

1.1. Fotoapparat (videokamera) xarid qilish (soni 1 dona) — 10 000 000 so‘m;
1.2. Fotoapparat (videokamera) uchun qo‘shimcha qurilmalar (soni 1 komplekt) — 3 000 000 so‘m;
1.3. Monoblok xarid qilish (soni 1 dona) — 6 000 000 so‘m.

Jami 1-lot bo‘yicha 19 000 000 so‘m.

Bajarish muddati 2024 yil 5 avgustga qadar

II. 2-lot. «Moliyaviy savodxonlik davr talabi» mavzusidagi A3 formatdagi plakatlarni tayyorlash:

2.1. Taqdim qilingan ma’lumotlar asosida A3 formatdagi plakatlar dizaynini ishlab chiqish va bosmadan chiqarish (soni 10 000 dona) — 15 000 000 so‘m.

Jami 2-lot bo‘yicha 15 000 000 so‘m.

Bajarish muddati 2024 yil 5 noyabrga qadar

III. 3-lot. Farg‘ona davlat universitetiga «Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi»ni tashkil qilish:

3.1. «Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi»ni tashkil qilish (mavzuga oid ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy kitoblar va b.) — 15 000 000 so‘m.

Jami 3-lot bo‘yicha — 15 000 000 so‘m.

Bajarish muddati 2024 yil 1 oktabrga qadar.

IV. 4-lot. Hududiy birlashma rasmiy veb-saytini modernizasiya qilish va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yillik premium versiya va ishonch belgilarini xarid qilish:

4.1. Hududiy birlashmaning https://istemolchi-info.uz rasmiy veb-saytini modernizasiya qilish — 6 000 000 so‘m;
4.2. Hududiy birlashmaning Facebook, Instagram, Twitter va Telegramdagi istemolchi-info umumiy nomi ostidagi rasmiy kanal va sahifalariga yillik premium versiya va ishonch belgilarini xarid qilish — 2 000 000 so‘m.

Jami 4-lot bo‘yicha 8 000 000 so‘m.

Bajarish muddati 2024 yil 15 sentabrga qadar.

Tijorat takliflarini joriy yilning 22 iyuliga qadar hududiy birlashma (Farg‘ona shahri B.Marg‘inoniy ko‘chasi 77-uy)da, shuningdek ferganahududiybirlashma@gmail.com elektron manzili hamda boshqa rasmiy elektron kommunikasiya tizimlari orqali qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 97-3341268

Отправить комментарий