Salkam olti million so‘mga xarid qilingan televizorda kafolat muddati ichida nuqson chiqdi

Salkam olti million so‘mga xarid qilingan televizorda kafolat muddati ichida nuqson chiqdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Osiyo ko‘chasida yashovchi F.R.ning Uzum market onlayn platformasi orqali 5 588 700 so‘mga xarid qilingan TCL-50 4K rusumli televizorda kafolat muddati ichida nuqsonlar aniqlangani va servis markaziga topshirilgach ham nuqsonlar bartaraf etilmagani haqidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida televizorda nuqson chiqqach onlayn platforma operatorlari bilan bog‘lanib, ularning ko‘rsatmasi asosida servis markaziga topshirgani, servis markazi 20 kundan ortiqroq muddatdan so‘ng uni nosozlik bartaraf etilmagan holda qaytarganini, nuqson kelib chiqishida esa o‘zini aybdor qilib ko‘rsatishganini bayon qiladi.

Iste’molchi murojaati asosida dastlabki o‘rganishlar o‘tkazilgach, shahar jamiyati tomonidan onlayn platformaning shahardagi shoxobchasiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan da’vo talabnomasi kiritilgach tovarni sotib olish uchun to‘langan pul summasini iste’molchiga to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий