Ijtimoiy xizmatlar markazida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida targ‘ibot tadbiri tashkillandi. Tadbir ushbu tashkilot va Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida dastlab mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi, iste’molchilik ijtimoiy harakati va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, markaz xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir yakunida markazda Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilib, xodimlarning bu boradagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий