Hududiy birlashma Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining 2024-yil 25-sentyabr’ kunidagi 01-04/03-1-24-sonli navbatdan tashqari majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, shuningdek hududiy birlashma ish faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kengash yig‘ilishi doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlari rahbarlarining axborotlari ham tinglanib, ushbu yo‘nalishda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Отправить комментарий