Nuqsonli chiqqan skuter boshqasiga almashtirildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Poloson» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.A.ning 5 421 000 so‘mga xarid qilingan skuterning ishlash samaradorligi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan va’da qilingan darajada chiqmaganligi va uni sifatlisiga almashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi tumandagi «Oltiariq tarmoq impex» MChJga qarashli do‘kondan dadasi uchun skuter xarid qilganliklari, xarid jarayonida skuter bitta quvvatlash bilan 50-70 km masofani bosib o‘tishi aytilganligi, lekin uni xarid qilib, xonadonga olib kelinib foydalanilganda quvvat 20 km yetib tugab qolganligi holatidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida skuter haqiqatan ham yuqoridagi savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida, qiymatini bir yil davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan 2024 yilning 13 sentabrida imzolangan shartnoma asosida xarid qilinganligi, shartnomaga ko‘ra iste’molchi oyma-oy 451 750 so‘mdan to‘lab borishiga kelishganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida tomonlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borilib, uning yakunlariga ko‘ra nuqsonli deb topilgan skuterni xuddi shu rusumdagi boshqasiga almashtirib berildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(illustrativ foto)
Отправить комментарий