San’at va madaniyat sohasida ta’lim olayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot hamda moliyaviy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

San’at va madaniyat sohasida ta’lim olayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot hamda moliyaviy savodxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori hamda Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media reja asosida «Hududiy birlashma tomonidan davlat granti asosida amalga oshirilayotgan “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli loyiha mazmun-mohiyati» mavzusida ochiq muloqot hamda mazkur grant loyihasi doirasidagi seminar trening tashkillandi.

Dastlab yuqorida nomi zikr etilgan grant loyihasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda uni amalga oshirish mexanizmlari, loyiha amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar, loyihani to‘laqonli amalga oshirish borasida Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi bilan olib borilayotgan hamkorlik xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, shu kunga qadar grant loyihasi doirasida moddiy-texnik ta’minot uchun tovarlar xaridi amalga oshirildi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan memorandum va viloyat teleradiokompaniyasi bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar imzolandi, hududiy birlashmaning sayti modernizasiya qilindi, plakatlar loyihasi ishlab chiqilib tasdiqlandi, Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona jamoat salomatligi instituti, TATU Farg‘ona filiali va Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokida seminarlar o‘tkazildi, FarDU Iqtisodiyot fakul’tetiga “Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi” tashkillandi. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Tadbirning ikkinchi qismida “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli grant loyihasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishida oliy ta’lim dargohlari talabalari ishtirokida tashkillanayotgan moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishga oid tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi hamda hududiy birlashma mas’ullari tomonidan talabalarga moliyaviy xizmatlarning kreditlar, omonatlar, valyuta ayirboshlash, pul o‘tkazmalari, plastik kartochkalardan foydalanish, sug‘urta, lizing, brokerlik, lombardlar faoliyatiga oid masalalarda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish, savodxon bo‘lishga chorlash bilan bir qatorda, ushbu yo‘nalishlardagi turli firibgarliklardan, kiberjinoyatlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ham berib o‘tildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, unda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Отправить комментарий