Ro‘yxatga olish vaqtida yashovchilari yo‘q bo‘lgan turar joylarning xususiyatlarini aniqlash
Bu belgi ikkilamchi — mavsumiy va bo‘sh uy-joylar hamda ro‘yxatga olish qamroviga kirmagan yashovchilari bor turar joylar haqida ma’lumot to‘planishi mumkin bo‘lganligi bo‘yicha xususiyatlarga taalluqli. O‘lchanuvchi xususiyatlarning xili va soni mamlakatlarning individual ehtiyojlari va qabul qilingan metodologiyaga bog‘liq.
Aksar belgilar band bo‘lgan an’anaviy turar joylarga tegishli. Biroq, barcha an’anaviy turar joylarning eng kamida ba’zi asosiy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot to‘plashga qiziqish mavjud bo‘lishi mumkin. “An’anaviy turar joylarning bandlik maqomi” asosiy belgisini hisobga olishda barcha an’anaviy turar joylarning, jumladan, ikkilamchi va vakant turar joylar, ro‘yxatga olish qamroviga kirmagan yashovchilari bor turar joylarning miqdori hisob-kitob qilinadi. Ammo, umumiy miqdorga qo‘shimcha ravishda ba’zi mamlakatlar boshqa xususiyatlar haqida ma’lumot to‘plashni istashi mumkin, turar joy fondi haqida yanada batafsil ma’lumot olishga imkoni bo‘lishi uchun. Bunday xususiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin, masalan:
a) Xonalar soni va polning foydali maydoni;
b) Qulayliklar, masalan, suv ta’minoti tizimi, hojatxona, yuvinish jihozlari, kanalizasiya tizimi va oshxona ;
v) Tuzilish turi, bino ichidagi joy holati va binodagi qavatlar soni.
T. Kimsanov,
Dang‘ara tuman statistika bo‘limi boshlig‘i.
Отправить комментарий