Aholini ro‘yxatga olishda axborot berish va reklama
Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kampaniyalari muvaffaqiyatli ro‘yxatga olishni ta’minlashda muhim rol’ o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, aholini ro‘yxatga olish jarayonida respondentlar yoki ma’lumot yig‘uvchi va ma’lumotlarni qayta ishlovchi shug‘ullanadigan vaqtinchalik xodimlar sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan ro‘yxatga olishda so‘rov usulidan qisman yoki to‘liq foydalanadigan mamlakatlar uchun juda dolzarb. Biroq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar minimallashtirilishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatga olish usullariga rioya qilgan mamlakatlarda ham, asosiy manfaatdor tomonlar bilan muloqot, shu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalarining dolzarbligi va mavjudligi kabi tarkibiy qismlarga nisbatan maqbul sifat darajasini ta’minlash uchun muhim rol’ o‘ynaydi.
Ro‘yxatga olishni o‘tkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishni ta’minlash va rag‘batlantirishga qaratilgan zarur ma’lumotlarni taqdim etish uchun zarurdir. Odatda, aholini ro‘yxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish ko‘rsatkichini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab yetib borish qiyin bo‘lgan aholi guruhlarini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida, bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishga rag‘batlantirishdan iboratdir.
R. Umarov,
Toshloq tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий