Iste’molchining bir million so‘m pul mablag‘i o‘ziga qaytarildi

Iste’molchining bir million so‘m pul mablag‘i o‘ziga qaytarildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida iste’molchi G‘.M.ning Paynet shoxobchasi yordamida o‘tkazilgan 1 000 000 so‘m pulni rasmiylashtirishda adashishga yo‘l qo‘yilganligi va mazkur mablag‘ni qaytarilishi bilan bog‘liq muammo yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Paynet shoxobchasi xodimi yordamida «Uzum nasiya» ilovasiga tovar xarid qilish uchun pul o‘tkazishda xatolikka yo‘l qo‘yishadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, pul mablag‘i belgilangan tartibda tegishli hisob raqamiga kelib tushmaydi. Bu holat «Uzum nasiya» mobil ilovasi mas’ullari tomonidan tasdiqlangach, pullarini qaytarib olishni imkonini topa olmagan iste’molchi Federatsiyaning o‘zi ishlab turgan korxonada tashkil qilingan tayanch guruhi orqali amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qiladi.

Murojaatni shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida Paynet kompaniyasi va «Uzum nasiya» mobil ilovasi mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib, holatga aniqlik kiritildi. Natijada pul mablag‘i haqiqatan «Uzum nasiya»ning tegishli hisob raqamiga tushmasdan Paynet kompaniyasi hisob raqamidan turganligi ma’lum bo‘ldi hamda kompaniyaning ushbu pul mablag‘larini o‘tkazishga yordam ko‘rsatgan agenti orqali iste’molchining bank plastik kartasi hisobiga qaytarilishiga erishildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий