Iste’molchida da’vo qilingan qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi

Iste’molchida da’vo qilingan qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Amir Temur ko‘chasida yashovchi D.M.ning ichimlik suvi korxonasi tomonidan hisoblangan 3 200 000 so‘m qarzdorlikdan norozi bo‘lib O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro xonadonni 2024 yilning yanvar oyida xarid qilib olib qo‘ygan bo‘lib, mazkur xonadon joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini idorasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan dalolatnomaga ko‘ra, ushbu xonadonda 2023 yilning noyabr oyidan 2024 yilning noyabr oyiga qadar hech kim yashamagan. D.M. 1 nafar farzandini olib Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan.

Shundan so‘ng ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga o‘rganish davomida to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rov xati kiritilgach, korxona mas’ullari tomonidan qayta hisob-kitob ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davomida esa iste’molchi murojaatida keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi, uning ichimlik suvi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий