Amalga oshirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida bazaga kiritilmaganligi qarzdorlik kelib chiqishga sabab bo‘lgan
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Jo‘rak» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.J.ning o‘tgan yilda o‘zi tomonidan amalga oshirilgan, jami summasi 300 000 so‘m bo‘lgan, 2 ta to‘lovni ichimlik suvi ta’minoti korxonasidagi shaxsiy hisob raqamiga tushmaganligi oqibatida bugungi kunda uning xonadoniga nisbatan qarzdorlik kelib chiqayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganishda ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga abonentning joriy qarzdorlik holatini kelib chiqish sabablari yuzasidan so‘rov xati kiritildi, iste’molchining qo‘lida mavjud to‘lov kvitansiyalari korxona bazasidagi ma’lumotlarga solishtirildi. Natijalar esa amalga oshirilgan to‘lovlarni haqiqatan ham bazaga kiritilmaganligini ko‘rsatdi.
O‘rganish ishlari davomida amalga oshirilgan to‘lovlarni tegishli tartibda aks ettirilishi yo‘li bilan iste’molchida yuzaga kelgan noreal qarzdorlikni bartaraf qilinishiga erishildi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий