Avtomobil uchun xarid qilingan ehtiyot qismlari almashtirildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.To‘qay ko‘chasida yashovchi D.Yu.ning shaxsiy avtomobili uchun 2 600 000 so‘mga xarid qilgan ehtiyot qismlarining avtomashinasiga texnik jixatdan mos kelmagani xususidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u shahardagi avtomobil ehtiyot qismlarini sotuvchi do‘kondan ballon va quyma disk xarid qilgan. Xarid jarayonida unga ehtiyot qismlari avtomobili uchun mos kelishi aytilgan bo‘lsada, ular avtomobilga o‘rnatilgach, ballon avtomobilni qanot qismiga tegib qolavergan. Xaridor ushbu masalada sotuvchiga murojaat qilib, masalani o‘z kuchi bilan hal qila olmagach, amaliy yordam so‘rab shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tovar haqida iste’molchiga noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi sotib olingan tovardan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilish, mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqlidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilishi bilan, iste’molchining avtomobiliga texnik jixatdan mos kelmagan ehtiyot qismlarni sotuvchiga qaytarilishi hamda ularni avtomobilga mos keluvchi ehtiyot qismlar bilan almashtirilishiga erishildi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий