Xodimlarning huquqiy bilimini oshirishni ko‘zlovchi tadbir o‘tkazildi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlari himoya qilish jamiyati mas’ullari 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazdilar.
Seminarda tashkilotchilari maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘tkazilgan tadbir doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar va huquqiy maslahatlar olishdi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi