Qonun targ‘iboti o‘tkazildi

Qo‘qon shahridagi 49-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri “Iste’molchi sifatida o‘z huquqingizni biling» mavzusida bo‘ldi.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, qonun ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki zarur, shu nuqtai nazardan ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan yurtimizda iste’molchilarning qonunning 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy huquqlaridan biri – iste’molchilar jamoat birlashmalarini tuzish huquqlari ro‘yobga chiqarilganligi, ya’ni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil topganligi e’tirof etib o‘tilgan edi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Qo‘qon shahar jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi