Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida “O‘z huquqlaringizni bilasizmi?» mavzusida huquqiy savodxonlik va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazdilar.
Tadbirda boshqarma xodimlariga amaldagi qonunchilik asoslari, uning mazmun-mohiyati, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularning huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha tushunchalar va ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida boshqarma tizimida mehnat faoliyati olib boaryotgan xodimlarni yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi