Dolzarb mavzu || O‘tkir ichak kasalliklaridan ehtiyot bo‘ling

Ma’lumki, yoz mavsumi kelishi bilan odamlar o‘rtasida turli meva-sabzavotlar, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqatlar, sut mahsulotlari va boshqalardan zaharlanish natijasida kelib chiqadigan ichak kasalliklari soni ham biroz ko‘payishi kuzatiladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6 oyida birgina o‘tkir diareyadan kasallanish holatlari 1079 tani tashkil qilgan. Kasallikni yuqish omillari bo‘yicha tahlil qilinganda, ularning 535 tasi meva-sabzavotlar, 321 tasi uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqatlar, 5 tasi sut mahsulotlaridan, 112 tasi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan va 106 tasi esa boshqa mahsulotlardan gumon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hududiy birlashmaning alohida buyrug‘i bilan markaziy Dehqon bozorlarida veterinariya shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, ularning moddiy-texnik ta’minlanganligi, shoxobchalar tomonidan bozor hududlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, meva va sabzavotlar hamda poliz mahsulotlarini sotishga tegishli ruxsatnomalar berilishi holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari ham o‘tkazilmoqda.
Quyida e’tiboringizga Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan aholi o‘rtasida turli yuqumli kasalliklar, xususan o‘tkir ichak kasalliklarini tarqalishini oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zafarjon Olimovdan olingan intervyuni havola qilamiz.

 

 

Hududiy birlashma Axborot xizmati