Abonentlar kommunal idoralar rasmiy saytlarida tashkillangan o‘z shaxsiy kabinetlaridan qanchalik xabardor?

Bugungi kunda kommunal idoralarning xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish, aholiga bu borada qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun elektr, gaz va suv ta’minoti kabi idoralarning rasmiy saytlarida iste’molchilarning shaxsiy kabinetlari tashkillangan. Biz aholining ana shu shaxsiy kabinetlardan qanchalik xabardorligi, ulardan abonentlar tomonidan foydalanilishi ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida matnli hamda video so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma nuqtainazar.uz telegram kanaliga joylashtrilib, unda jami 1838 nafar respondentlar ishtirok etdilar (https://t.me/nuqtai_nazar_official/1000).

Respondentlarga quyidagi bitta savol bilan murojaat qilindi:

Sizning ana shu tizim tashkilotlari saytlarida shaxsiy kabinetingiz borligidan xabardormisiz va shaxsiy kabinet xizmatlaridan foydalanasizmi?

A) xabardorman, foydalanaman – 223 ta yoki 12 %;
B) xabardorman, lekin foydalanganim yo‘q – 1105 ta yoki 60 %;
C) xabarim yo‘q, foydalanganim ham yo‘q – 510 ta yoki 28 %.

Video so‘rovnoma natijalari bilan quyidagi lavhada tanishing:

 

Hududiy birlashma Axborot xizmati