Xotira abadiy, qadr muqaddas

Bugun Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tashkil topgan 2003 yildan to 2010 yillargacha uni boshqargan Asqarali Akbaraliyevich Raxmonaliyevning tug‘ilgan kuni (1958-2010 yy).

Asqarali Akbaraliyevich oilada farzandlarga har ishda namuna, mehribon ota, o‘zi mehnat qilgan jamoalarda katta hurmat e’tibor qozongan, tashabbuskor, tadbirkor va uzoqni ko‘ra oluvchi rahbar, inson sifatida saxiy, jonkuyar, qo‘li ochiq, o‘zgalarning tashvishini birinchi o‘ringa qo‘yadigan shaxs edi. Qaerda ishlamasin o‘zidan yetuk, malakali shogirdlar qoldirgan.

U hududiy birlashmaga rais bo‘lib saylangunga qadar, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, xususan Quvasoy shahrida hokim, Oliy Majlis deputati, Farg‘ona viloyat tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, “COSCOM” O‘zbek–Amerika qo‘shma korxonasining vodiy bo‘yicha direktori lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib borgan edi.

Federatsiya tizimida ishlagan va hozirda mehnat faoliyat olib borayotgan hamkasblari viloyatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini vujudga kelishi va rivojlantirilishida uning beqiyos xizmatlarini e’tirof etgan holda, bu borada o‘ziga xos maktab yaratgan shaxs sifatida xotirlaydilar.

Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari mehnat jamoalari

(rasmlar oilasi arxividan olindi)