Qarzdorlikni asossiz deb hisoblagan iste’molchi ishonch telefoniga murojaat qildi

Farg‘ona tumani Guliston MFY hududida yashovchi M.G‘.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati hududiy tegishliligi bo‘yicha Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Iste’molchi o‘z murojaatida tuman gaz idorasi foydalanilgan tabiiy gaz to‘lovlari bo‘yicha uning xonadoniga nisbatan 1240000 (bir million ikki yuz qirq ming) so‘m asossiz qarzorlik hisoblayotganligini ma’lum qilgani holda, mazkur holatga aniqlik kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida iste’molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichlari, uning tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinib, gaz idorasidagi Billinggaz dasturidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirildi. O‘rganish natijalari esa to‘lovlar iste’molchi tomonidan xonadondagi mavjud hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida to‘lab kelinganligi, bazada yuzaga kelgan qarzdorlik esa gaz idorasi mas’ullari tomonidan ko‘rsatkichlarni ortiqcha kiritish natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra asossiz qarzdorlikni gaz idorasi tomonidan qayta xatlov qilish yo‘li bilan hisobdan chiqarish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi