Hududiy birlashmaning sobiq ma’muriy binosi o‘rnida zamonaviy bino qurilishi ishlari boshlandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi Federatsiyaning respublikadagi hududiy birlashmalari ichida birinchi bo‘lib o‘z balansidagi ma’muriy binoga ega bo‘lgandi.

Hududiy birlashma mazkur ma’muriy binoda 2013 yil aprel oyidan 2022 yilning shu davrigacha o‘z faoliyatini ko‘rsatib keldi. Lekin bugungi kunda Farg‘ona shahrida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, hududiy birlashma ma’muriy binosi atrofida barpo etilayotgan ko‘rkam binolar, zamon talablaridan ortda qolmaslik maqsadida, shuningdek Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoni hamda ushbu Farmon asosida tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan hamda Konsepsiyada belgilangan “davlat+fuqarolik jamiyati institutlari+tadbirkorlik sub’ektlari” tamoyiliga asoslangan holda, hududiy birlashmaning bir qavatlik sobiq ma’muriy binosi o‘rnida ham zamon talablari asosida ko‘p qavatli bino barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Qurilish ishlari tugallangach, hududiy birlashma ma’muriyati qurilayotgan mazkur yangi binoning birinchi qavatiga joylashadi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati