Adliya boshqarmasi matbuot anjumani o`tkazdi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi majlislar zalida o‘tkazgan matbuot anjumanida boshqarma bo‘limlari va tasarrufidagi Yuridik texnikum rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha axborotlar berib o‘tildi.

Ta’kidlandiki, joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jami 5475 ta murojaatlar kelib tushib, shundan 1471 tasi yoki 26,8 % joylarda tashkil etilgan sayyor qabullar orqali ish yurituvga qabul qilinib, ularning 4411 tasi yoki 80,5 % hal etilishi ta’minlangan.
Hisobot kuniga 503 ta (shundan 436 ta monitoring) nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Jarayonda 18480 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan 2264 ta taqdimnoma, 4404 ta ogohnoma, ayibdor shaxslarning javobgarlik masalasini hal etish yuzasidan vakolatli organlarga 339 ta ma’muriy takliflar kiritilgan. Natijada, davlat organlarining 3117 ta hujjatlari bekor qilinib, faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 801 nafar shaxslarning intizomiy, 291 nafar shaxslarning esa ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan hamda 4 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ o‘z egalariga qaytarilishi ta’minlangan.

Shu bilan birga, sudlarga 669 ta da’vo arizalari kiritilib, 4 mlrd 970 mln so‘mlik 615 ta da’vo arizalar qanoatlantirilishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, davlat xizmatlari sohasi bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan 290 606 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 39 614 tasi sayyor tarzda joylarda amalga oshirilgan.

Ko‘rsatilgan davlat xizmatlarning asosiy qismi, ya’ni 52751 tasi bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, 24478 tasi pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish, 24757 tasi yangi tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda 20380 tasi esa kadastr hujjatlarini shakllantirish hizmatlarga to‘g‘ri kelgan.

Boshqarma mas’ullariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatda 91 ta xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, shuningdek mavjud 150 ta advokatlik tuzulmalarida 320 nafardan ortiq advokatlar faoliyat yuritib kelmoqda ekanlar.
Anjuman doirasida boshqarma bo‘lim boshliqlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha axborotlarni berib o‘tgach, savol-javob tarzidagi muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ullar jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytardilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati