Iste’molchining e’tirozi o‘rinli ekan

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro T.Sanginov nomidan murojaat kelib tushdi. Unda suvi ta’minoti idorasi tomonidan hisoblanayotgan qarzdorlikdan norozilik bayon qilingan.

– Yaqindagina to‘lovlarni amalga oshirib, yana oldindan 100 kub metrga to‘lov qilsamu, «Farg‘ona suv ta’minoti» Yozyovon tuman bo‘limi komp’yuter bazasida 151 106 so‘m qarzdorlik chiqmoqda, – deydi iste’molchi o‘z murojaatida.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan iste’molchining qo‘lidagi mavjud to‘lov xujjatlari asosida qayta xisob-kitob qilinib va o‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, suv ta’minoti idorasi komp’yuter bazasida chiqayotgan 151 106 so‘m miqdoridagi qarzdorlikning asossizligi, xonadondagi suv hisoblagich ko‘rsatgichining joriy 253 kub metr holatiga iste’molchida 64 kub metrga haqdorlik mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi

(illyustrativ foto)