Tayanch guruhi faoliyatini jonlantirish masalasida tadbir o‘tkazildi

Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Santariya-epidemiologiya xizmati Beshariq tuman bo‘limida mehnat faoliyati olib borayotgan mas’ul xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbiri mazkur idorada tashkillangan Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini qaytadan jonlantirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda ishtirokchilarga Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlarining joriy yil birinchi yarim yilligi faoliyati yakunlari bo‘yicha axborotlar berib o‘tildi. Ishtirokchilarga faoliyat bilan bog‘liq axborotlar yetkazilishi barobarida, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining joriy ahvoli, bu borada qabul qilingan qonun va qarorlarning ijrosi, tibbiyot tizimiga kiruvchi tashkilotlar va Federatsiya ijro etuvchi apparatlari o‘rtasida xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimlari va iste’mol madaniyatini oshirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik, dasturlar va chora-tadbirlar rejalarining bajarilishi masalalarida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi