15 mart – “Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni”

Hududiy birlashma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Farg‘ona shahridagi “NNTlar uyi”da “15-mart “Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” mavzusida brifing hamda bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda hududiy birlashmaning hamkor tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda dunyoda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi, taraqqiy topishi hamda mustaqil O‘zbekistonda mazkur harakatning vujudga kelishi va bugungi holati to‘g‘risida atroflicha axborotlar berib o‘tildi. Shuningdek, hududiy birlashmaning hamkor tashkilotlari vakillarining mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalari hamda taklif va tavsiyalari eshitildi.

Tadbir doirasida viloyatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirishga samarali hissa qo‘shib kelayotgan ayrim davlat, nodavlat tashkilotlari xodimlarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.