Masala muzokara yo‘li bilan hal etildi

Samarqand viloyatida yashovchi ite’molchining xarid qilingan telefon apparatidagi nosozlik sababidan sotuvchidan pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati masalaning hududiy tegishliligi bo‘yicha Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro O. B. o‘z murojaatida shu yilning mart oyi boshlarida Toshloq tumanida joylashgan «Andijon xaus mobail” MChJ onlayn do‘konidan xaoid qilingan Samsung note 9 rusumli telefon apparati nosoz chiqqanligi, shu sababdan pulini qaytarib olishida yordam ko‘rsatilishini so‘ragan bo‘lsada, o‘rganishda aslida ushbu do‘kon Marg‘ilon shahrida joylashganligi, ushbu do‘kondan olingan ma’lumotga ko‘ra, iste’molchi dastlabki telefonni 2023 yilning yoz oylari oxirida, 45 kun kafolat muddati bilan, 1 800 000 so‘mga onlayn tarzda xarid qilgan bo‘lib, 2024 yilning mart oyiga qadar 3 marta almashtirib berilgan. Shuningdek, o‘rganish davomida iste’molchi qo‘liga oxirgi marotaba topshirilgan telefonga yangi dasturli programmalarni yuklashni imkoni bo‘lmaganligini qo‘shimcha qilib, uni boshqasiga almashtirib berilishi yoki pul mablag‘ini qaytarilishini so‘radi.

Murojaat onlayn do‘kon mas’ullari bilan o‘rganilishi jarayonida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi, natijada iste’molchi va sotuvchi o‘rtasida o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan telefon apparatini sotuvchiga, uning uchun to‘langan pul mablag‘ini esa iste’molchiga qaytarilishiga kelishildi.

Shohistaxon Rahimova, 

tuman jamiyati mutaxassisi.

 

#ihhqjfederatsiyasi #fargonaviloyati #istemolchihuquqi #istemolmadaniyati #murojaatmadaniyati