Kafolat muddati ichida topilgan nuqson bepul bartaraf etib berildi

Toshloq tuman «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M. M.ning tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Murojaatchi tumanda joylashgan kredit savdo do‘konidan 13.01.2024 yil kuni qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilingan, narxi 3 700 000 so‘mlik Samsung Galaxy A24 telefon apparatida 10 kun davomida foydalanishi jarayonidayoq nosozlik aniqlanganligini, uni sotuvchining tavsiyasi bilan servis markaziga berganligi, lekin ta’mirlash ishlari turli vajlar bilan kechiktirilayotganidan noroziligini bildirgan.

Ushbu holat kredit savdo do‘koni bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilganida iste’molchi murojaatida keltirilgan vajlarning asosligi tasdig‘ini topgach,. servis markazi bilan bog‘lanib iste’molchining telefon apparati bir kun muddat ichida ta’mirlanib, iste’molchi qo‘liga soz holatda topshirilishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.