Federatsiya tarixi
O`zbekiston Respublikasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish harakati 1996 yil 26 aprelda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunining 30-moddasiga muvofiq 1997 yilda O`zbekiston aholisini sifatsiz mahsulot va xizmatlardan himoya qilishga o`z ulushini qo`shish va o`z imkoniyatlarini birlashtirishga qaror qilgan bir qator hamfikrlar tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanida O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shaklida tashkil topdi va 1999 yili Respublika isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sifatida ro`yxatdan o`tdi. Bu vaqtda respublikamizning 7 ta viloyatida hududiy jamiyatlar tashkil topdi. 2000 yil O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining navbatdan tashqari II sʼezdida jamiyatga O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi nomi berildi. Bu vaqtda 9 ta viloyat va Toshkent shahrida jamiyatlar tashkil etilgandi. Faol isteʼmolchilarning saʼy-harakatlari tufayli ushbu jamoat tashkilotiga davlat tarafidan alohida eʼtibor berilib, qo`llab-quvvatlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 28 noyabrida «Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 414-qarorining qabul qilinishi mazkur ijtimoiy harakat taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bilan birga, mazkur qaror bilan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi hamda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi maʼqullandi. 2003 yil 17 yanvardagi Federatsiyaning III taʼsis konferentsiyasi Qoraqalpogiston Respublikasi Federatsiyasi, Toshkent shahri hamda respublikaning 12 viloyatidagi hududiy birlashmalarni birlashtirdi.
Hududiy birlashma
Ozbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasiga 2003 yilning 8 yanvaridagi taʼsischilar konferentsiyasida asos solingan. Hududiy birlashma tarkibida 19 ta (4 ta shahar va 15 ta tuman) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyat olib bormoqda. Hududiy birlashma Farg`ona shahri Burhoniddin Marg`inoniy ko`chasi 77-uyda joylashgan.
Federatsiya faoliyatiga oid rolik (o`zbek va ingliz tillarida):