PAXTA YOĞINING SIFATI XARIDORNI QONIQTIRMADI: MAHSULOT BOŞQASIGA ALMAŞTIRIB BERILDI
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganda uning sifatiga e’tibor beriş muhim. Agar mahsulotdan norozi bölsangiz, sotuvçiga e’tiroz bildiriş va qonuniy huquqlaringizdan foydalanişga haqlisiz.
Yozyovon tumanida yaşovçi fuqaro Ş.S. mahalliy dökonlardan biridan 4 litrlik ikkita idişda, jami 8 litr paxta yoğini 160 ming sömga xarid qildi. Biroq mahsulotni uyiga olib borib, undan taom tayyorlanişi jarayonida yoğdan yoqimsiz hid kelayotganini, uning rangi noodatiy tarzda qorayib ketganini sezdi.
Xaridor mahsulot sifati talabga javob bermagani sababli uni şu kunning özidayoq dökonga qaytarib olib bordi va boşqasiga almaştirib berişni söradi. Ammo sotuvçi mahsulotni qaytarib oliş yoki almaştirişdan boş tortdi. Natijada iste’molçi öz noroziligini bildirib, Yozyovon tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi.
Fuqaroning murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan örganildi. Jarayonda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş hamda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilik talablari yuzasidan sotuvçi va xaridorga tuşuntirişlar berildi.
Olib borilgan amaliy işlar natijasida murojaatda kötarilgan masala ijobiy hal etildi. Iste’molçiga xarid qilgan mahsuloti uçun tölangan puli qaytarildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişda ularning qadoği, yaroqlilik muddati, saqlaş şaroiti va sifatiga e’tibor bering. Mahsulotdan foydalaniş jarayonida uning sifatiga şubha tuğilsa, bu haqda sotuvçiga öz vaqtida xabar bering.
Şuningdek, xarid çekini saqlaş va e’tirozingizni aniq bayon qiliş keyinçalik huquqlaringizni himoya qilişda muhim ahamiyatga ega.
Yodda tuting: iste’molçi sifatli va xavfsiz mahsulot xarid qiliş huquqiga ega. Xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotining sifati talabga javob bermasa, muammoni hal etiş uçun öz huquqlaringizni biling va zarur hollarda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlariga murojaat qiling.



Post Comment